"Quvonchimsan, maqsadimsan qishgi ta'tilim !" » G'ijduvon tumani 8-DIUO`TMI Maktab.uz

"Quvonchimsan, maqsadimsan qishgi ta'tilim !"


O'quvchilarga / Yangiliklar va e'lonlar 2-01-2019 | 11:34 45   

Mamlakatimizda yangi yilni, shuningdek, qishki taʼtil kunlarini koʻtarinki kayfiyatda nishonlash borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi "Yangi yil” bayram tadbirlarini samarali tashkil etish va muassasalar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tizimda faoliyat olib borayotgan tashkilotlarga oʻz tavsiyalarini berdi.

Taʼkidlash joizki, XTV tomonidan maktab muassasalari oʻqituvchilarini "Yangi yil” bayrami kunlari turli tadbir va navbatchilikka jalb etilishining oldini olish choralarini koʻrish topshirildi. Shuningdek, muassasalarga qorovullarning masʼuliyatini oshirish, jadval asosida texnik xodimlar, yaʼni bino ishchisi, qozonxonada oʻt yoquvchi va xoʻjalik ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari rahbarligida shtab tashkil etish vazifasi yuklatildi. Qolaversa, maktab rahbariyatiga qishki taʼtil davomida taʼlim muassasalarida xavfsizlik choralarini kuchaytirish, mavjud bino va inshootlardan qish mavsumida samarali foydalanishni tashkil etish hamda issiqlik uzatilishining bir meʼyorda saqlanishini taʼminlash topshirildi. Shu bilan birga taʼlim muassasalarida yongin xavfsizligi va boshqa sodir etilishi mumkin boʻlgan favqulodda hodisalarni oldini olish, shunday holatlar yuzaga kelganda oʻz vaqtida tuman shtabi (IIB, yongin xavfsizligi, qutqaruv xizmati va boshqa tegishli tashkilotlar)ga tezkor axborot berish lozimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, "Yangi yil” bayrami dasturlari oʻtkaziladigan maydonlarda oʻquvchilarning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha oʻqituvchi va ota-onalar orasida tushuntirish ishlarini olib borish tavsiya etildi. Bundan tashqari, pirotexnika vositalaridan foydalanish ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkinligi toʻgʻrisida ota-onalar va oʻquvchilar oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish maktab rahbariyatiga yuklatildi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilda oʻquvchilarning qishki taʼtilini yanada samarali va qiziqarli tashkil etish maqsadida "Quvonchimsan, maqsadimsan qishki taʼtilim” tavsiyasi asosida umumiy oʻrta taʼlim maktablarida madaniy-maʼrifiy va sport tadbirlari oʻtkaziladi.

Maktab-internat jamoasi aholisini, jumladan, barcha pedagoglarni kirib kelayotgan yangi 2019 yil bilan muborakbod etadi. Kirib kelayotgan "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da mamlakatimiz fuqarolariga oilaviy tinchlik, xotirjamlik, baxt-omad hamda farovonlik tilab qoladi.

 

скачать dle 10.5 отдых на озере Яровое

So`ngi yangiliklar



"Quvonchimsan, maqsadimsan qishgi ta'tilim !"

"Quvonchimsan, maqsadimsan qishgi ta'tilim !"


Yil o'qituvchisi g'oliblari aniqlandi

3-5 may kunlari Buxoro shahrida "Yilning eng yaxshi-fan o'qituvchisi" ko'rik tanlovi viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.


"Хайр мактаб-салом коллеж"

25.05.2017 йил мактаб-интернатда "Хайр-мактаб-салом коллеж" тадбири бўлиб ўтди.

Kun xikmati

"Har kuni bugun mening oxirgi kunim deya yasha" - Stiv Jobs

YANGILIK VA E'LONLAR

Maktab hayotidagi so'nggi yangilik va e'lonlar, aktual ma'lumotlar bo'limi.

O`QUVCHILARGA

Chuqur bilim olishda lozim materiallar va ishlanmalar jamlanmasi.

O`QITUVCHILARGA

O'quvchi tarbiyasi va bilim olishiga doir kompleks ma'lumotlar bazasi.

ELEKTRON KUTUBXONA

Milliy ta'lim kitoblari bazasi, o'quv materiallari, ishlanmalar, taqdimotlar, hujjatlar arxivi.

Faol o'quvchilar



Bitiruv imtihon savollari 2017

Siz topshirgan qon kimningdir hayotini saqlab qoladi! Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talabalar! TATUda joriy

Foydali web saytlar